30/05/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga 8 ta davlatdan qiymati 6,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 9,1 ming tonna xurmo import qilingan.

 Xurmo importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming tonnaga oshgan.

  2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston eng koʻp xurmoni Erondan 8,5 ming tonna import qilgan. Shu davrda Saudiya Arabistonidan 107 tonna xurmo import qilgan.



Matbuot xizmati