📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining maʻlumotlariga koʻra, 2023- yil yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra MDH mamlakatlaridan import ulushi 20,0 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 30,1 % ga koʻpaydi. Hisobot davrida ushbu davlatlardan viloyatimizga 35,9 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilingan.
Eng koʻp mahsulot import qilingan MDHga aʼzo davlatlar:
Rossiya Federatsiyasi – 20,5 mln dollar
Belarus – 7,3 mln dollar
Qozogʻiston – 4,7 mln dollar
Turkmaniston – 2,6 mln dollar.
Axborot xizmati