29/05/2023

   Bugun, 29- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘ M. Egamov tomonidan Urganch tumanida xizmatlar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish yuzasidan kuzatuv o‘tkazildi.

Xizmatlar sohasida o‘zini- o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish davomida hududiy bo‘lim intervyuyeri K.Otaniyozovga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, shu kungacha o‘tkazilgan kuzatuvlardagi kamchiliklarga keyingi tanlanma kuzatuvlarida yo‘l qo‘ymaslik va ularni sifatli tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

 


Axborot xizmati