29/05/2023

Viloyat statistika boshqarmasida har haftada mamlakatimizda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, barcha xodimlarga ularning asosiy mazmunini etkazishga qaratilgan seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

Shu yilning 26- may kuni shu yo‘nalishdagi navbatdagi seminar “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-842-sonli) qonun  va uning qabul qilinishi bilan amaliyotga kiritilgan o‘zgartirishlarning mohiyatini targ‘ib qilishga bo‘yicha tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan seminar davomida  qonunning mazmun va mohiyati xususida ma’lumotlar berildi.




Axborot xizmati