29/05/2023

2023-  yilning 1-choragida Qo‘shko‘pir tumanida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmining 29,6%i qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Qo‘shko‘pir tumanida shu yilning yanvar-mart oylarida 378,1 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 139,6 %ni tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida: Xorazm viloyatida shu yilning dastlabki 3 oyida 6,8 % qishloq xo‘jalik mahsulotlari qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari tomonidan yetishtirilgan.

 

Axborot xizmati