Yakka tartibda faoliyat olib borayotgan va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar viloyatimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
Bugun, 26- may kuni shu kabi kuzatuv Urganch shahrida olib borildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va shahar statistika bo‘limining kuzatuv bo‘yicha mas’ul xodimi U.Mo‘minovlar ishtirok etishdi. Xizmatlar sohasida o‘zini- o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish davomida hududiy bo‘lim intervyuyeriga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati