Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 86,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Shundan eksport 51,1 mln AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 35,8 mln AQSH dollari qiymatida qayd etildi.
Viloyatning boshqa xorijiy davlatlar bilan TSAsi 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 189,2 mln dollarni tashkil etgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 65,1 %ga oshdi va jami TSAdagi ulushi 68,5 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati