Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 81,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 544 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023 -yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan 876 dona elektromobil import qilgan.
O‘zbekiston 4 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 2 278 ta
— Gonkong – 202 ta
— Germaniya – 32 ta
— BAA – 16 ta
— Koreya – 9 ta
— AQSH – 4 ta
Matbuot xizmati