Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizning chakana savdo tovar aylanmasi 2 749,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 102,8 % ga yetdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 229,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 94,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 2520,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 103,6 %), shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 595,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 105,3 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati