Shu yilning 19- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2023- yilning may oyida qabud qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun va hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni va “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi Prezident farmonining mazmuni bilan jamoani tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va ularning qabul qilinishi bilan amalga joriy qilinadigan o‘zgarishlar xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.
Seminarda hududiy boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy bo‘limlarning boshliqlari (onlayn) ishtirok etishdi.
Axborot xizmati