Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 285,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich, 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,4 % ga oshgan.
Ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, jami hajmdagi ulushi 79 % yoki 225,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.