22/05/2023
	
	
		
						
	
		
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,3 mlrd AQSH dollariga yoki 13,4 % ga oshgan.
 
 4 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 7,7 mlrd AQSH dollari va import 11,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. 
 
 O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
 
 Matbuot xizmati