Urganch shahrida 2023–yilning yanvar-mart oylarida 750,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarishning 70,3 %i yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish boshqa faoliyat turlariga nisbatan yuqori hajmga ega bo‘lgan va 312,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Bu ko‘rsatkich jami ishlab chiqaradigan sanoatning 41,7 %iga teng.
Shuningdek yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (19,9 %), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (8,2 %), elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash (7,6 %) sohalarida qayd etilgan.
Axborot xizmati