22/05/2023

  Xonqa tumanida 2023–yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 50,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shu davrda tumanda moliyalashtirish manbalariga ko‘ra  80,7 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlardan tashqari:

aholi mablag‘lari - 21,2 mlrd so‘mni

korxonalarning o‘z mablag‘i - 4,7 mlrd so‘mni

bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari- 4,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 

 Axborot xizmati