2023-yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyati boʻyicha 845,3 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 611,5 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 72,3 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 185,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 22,0 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 48,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 5,7 % ni tashkil etdi.