19/05/2023

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- may holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 taga oshgan va 585 tani tashkil qilmoqda.

Ularning salmoqli qismi, ya’ni 86,2 foizi yoki 504 tasi bevosita tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash sohasida viloyatimiz bo‘yicha eng ko‘p tadbirkorlik subyektlari Urganch  (199 ta) va Xiva (50 ta) shaharlari hamda Urganch tumanida (47 ta)  faoliyat ko‘rsatayotgani kuzatilgan.

Shuningdek, sohadagi xususiy korxona va tashkilotlar soni 183 taga yetgan.

 

Axborot xizmati