08/05/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart  oylarida  viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 97,7 % ni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkichni hududlar bo‘yicha tahlilida jami tarmoqqa nisbatan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yuqori ulushi Hazorasp (99,7 %), Gurlan (99,6 %), Urganch (99,6 %), Tuproqqalʻa (99,6 %) tumanlari  va Xiva shahrida (99,5 %) kuzatildi.

                                                                    

                                                                                              Axborot xizmati