Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish, olingan ma’lumotlardan aholi farovonligini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqilishida statistika idoralari xodimlari tomonidan uy xo‘jaliklarida olib borilayotgan kuzatuvlarning ahamiyati katta.
Shu sababdan, reja asosida Xorazm viloyatining barcha hududlarini qamrab olgan holda uy xo‘jaliklarida tanlanma asosda o‘rganishlar olib borilmoqda.
Navbatdagi tanlanma kuzatuv bugun, 5- may kuni Urganch shahar “Olimpiya” mahallasida joylashgan M.Rahimova xonadonida tashkil etildi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U. Bardiyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i X. Sa’dulla respondent Z.Do‘smetovadan so‘rovnoma dasturi bo‘yicha olingan xonadon a’zolarining daromadlari, xarajatlari, yashash sharoitlari, oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli, ta’lim darajasi, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganlik holatiga oid ma’lumotlarni qayd etib borishdi.
Axborot xizmati