05/05/2023

2023- yil yanvar-mart oylarida viloyatimiz xorijga 19,3 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 31,1 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 27,1 % ni tashkil etdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (78,9 %), Rossiya (15,5 %), Qozog‘iston (3,2 %) hamda Afg‘oniston (0,6 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati