Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan. 
 
  Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 11 % ga yetdi. 
 
  2023- yilning aprel oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,2 foizga oshgan.
 
  Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Matbuot xizmati



