Joriy yilning yanvar-mart oylarida Xonqa tumanida 67,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,1 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida bajarilgan qurilish ishlarining 71,1 foizi yoki 48,3 mlrd so‘mi yangi qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023- yilning dastlabki 3 oyida tumanda umumiy maydoni 13,3 ming kv.metr bo‘lgan uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Axborot xizmati