Yangibozor tumanida joriy yilning o‘tgan 3 oyida faoliyat ko‘rsatayotgan 181 ta sanoat korxonasi tomonidan 106,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
2022- yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 120,4 foizni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarishning 84,2 foizi yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tuman sanoatida yuqori hajm va ulushga ega bo‘lgan sohalar:
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 87,9 mlrd so‘m (jamiga nisbatan ulushi 82,7 foiz)
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish - 15,8 mlrd so‘m (14,9 foiz).
Axborot xizmati