Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida so‘nggi 6 yillikda chakana savdo tovar aylanmasining o‘sishi tahlil qilinganda, eng yuqori o‘sish sur’ati 2022- yilda kuzatilgan.
Bunda chakana savdo tovar aylanmasi 2021- yilning mos davriga nisbatan 116,6 % ni yoki 2 601,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
2018-2023-yillar (yanvar-mart oylari)da chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’atlari dinamikasi:
2018- yilda – 107,0% (1113,3 mlrd so‘m)
2019- yilda – 101,3 % (1584,7 mlrd so‘m)
2020- yilda – 101,5 % (1716,5 mlrd so‘m)
2021- yilda – 94,8 % (2004,7 mlrd so‘m)
2022- yilda – 116,6 % (2601,7 mlrd so‘m)
2023- yilda – 101,1 % (2101,6 mlrd so‘m).
Axborot xizmati