Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Bog‘ot tumani sanoat ishlab chiqarish hajmi 56,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarishning 64,1 % yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ishlab chiqaradigan sanoatda yuqori ulushga ega faoliyat turlari:
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 48,3 %
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 45,3 %.
Ma’lumot o‘rnida: hisobot davrida tumanda 243 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati