20/04/2023

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  23 ta yangi korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.

Ularning 100%ini kichik biznes subyektlari tashkil etgan.

Mazkur sohada joriy yilning 1- aprel holatiga 494 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritgan.

Hisobot davrida viloyat bo‘yicha  sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 576 taga yetgan.

Axborot xizmati