Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan paypoq eksport qilgan. 
 
  Paypoq eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 mln AQSH dollariga oshgan.
 
  2023- yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p paypoq eksport qilgan davlatlar:
 
 Rossiya – 6 mln 
Qirg‘iz R. – 3,1 mln
Qozog‘iston – 320 ming
Germaniya – 268 ming
 Moldova – 262 ming AQSH dollari 
 
  2023- yilning 2 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar: 
  
Toshkent viloyati – 4,8 mln
Andijon viloyati – 1,9 mln
Farg‘ona viloyati – 1,1 mln
 Xorazm viloyati – 1,1 mln AQSH dollari
  
Matbuot xizmati



