19/04/2023

Xorazm viloyatining Xiva shahri, Qo‘shko‘pir va Gurlan tumanlaridagi savdo nuqtalarida shu yilning 18-19- aprel kunlari 12 narx (iste’mol) hamda 5 narx (o‘rtacha) kuzatuvlari o‘tkazildi.

    Xususan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Qo‘shko‘pir va Gurlan tumanlarida), uning o‘rinbosari U.Bardiyev (Xiva shahrida) dehqon bozorlari va uyushgan savdo majmualarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narx indeksini o‘rgandilar.

Kuzatuv davomida mutaxassislar tomonidan  mahsulotlarning narx ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligiga alohida e’tibor qaratildi.



Axborot xizmati