Joriy yilning 18- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.Oʻtamuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi Shu.Xudayberganov Qoʻshkoʻpir tumanidagi "Qadriyat" mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro Atayev Egamberganning xonadonida kuzatuv o‘tkazdilar.
Kuzatuv dasturi asosida olib borilgan so‘rovnoma jarayonida uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.
Axborot xizmati