14/04/2023

Bugun, 14- aprel kuni  viloyatimizning 2 ta hududida iste’mol narxlari indeksi (INI) navbatdagi  kuzatuvi o‘tkazildi.

Unda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Gurlan tumanida) va uning o‘rinbosari U. Bardiyev  (Urganch shahrida) hududlarning narx registratorlari bilan birgalikda ishtirok etishdi.

Mazkur kuzatuv nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan.

Kuzatuv davomida dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalarida mutaxassislar tomonidan iste’mol mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi.



Axborot xizmati