Yangiariq tumani sanoatida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning hajmi 77,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich jami ishlab chiqaradigan sanoatning 53,6 %iga teng bo‘lgan.
Yangiariq tumanida hisobot davrida 219 ta sanoat korxonasi tomonidan 144,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, yirik korxonalarning ishlab chiqarishdagi ulushi 86,9 %ni tashkil etgan.
Axborot xizmati