12/04/2023
	
	
		
						
	
		
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 197 781 kishini tashkil etgan. 
 
  Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
 
  Mamlakatimiz aholisi 2023- yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko‘paygan.
 
  O‘zbekiston aholisi 2023- yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga oshgan.
 
  2023- yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.
 Matbuot xizmati