12/04/2023

 Viloyatimizning barcha hududlarida  aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayoni olib borilmoqda.

Bugun, 12- aprel sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish  bo‘limi boshlig‘i A.Jumaniyozov, mutaxassislar I.Polvonova va S.Qurbonovalar Urganch shahri va Shovot tumanida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida hududlarni xaritalar bilan qiyosiy o‘rganish, kartografik chizmalardagi o‘zgarishlarni aniqlash, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordilar.

Shu bilan bir qatorda tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan bajarilishi lozim bo‘lgan galdagi ishlar yuzasidan  kelishib oldilar.

Suratlarda: Urganch shahridagi “Mustaqillik” hamda Shovot tumanidagi “Botirlar” mahallalarida o‘rganishlar olib borilmoqda.

 Axborot xizmati