Bugun viloyatimizning Urganch shahri va Xonqa tumanida 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov (Xonqa tumanida) va boshliq o‘rinbosari U.Bardiyevlar (Urganch shahrida) tomonidan dehqon bozorlarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘rganildi. Shuningdek, tanlanma kuzatuv doirasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi qiyosiy tahlil qilindi.
Axborot xizmati