11/04/2023

 Viloyatimizning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi reja asosida o‘tkazilib kelinmoqda.

Kuzatuv natijasida olinadigan ma’lumotlar viloyatning  uyushmagan savdo bo‘yicha chakana savdo ko‘rsatkichlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Bugun Yangiariq tumanidagi dehqon bozorida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ishtirokida o‘tkazilgan 12-bozor kuzatuvi davomida sotilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining kunlik va o‘rtacha oylik sotilish ko‘rsatkichilari o‘rganildi va natijalari planshetlarga qayd etib borildi.


Axborot xizmati