2023- yilning yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatida jami 406,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 6,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 59,1 % hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlarining ulushi 34,7 % ni tashkil etdi.