2023-yilning yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatining barcha hududlaridagi dehqon bozorlarida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalari bo‘yicha yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga to‘g‘ri kelgan va 44,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, hisobot davrida don mahsulotlari (15,4 mlrd so‘m), tovuq go‘shti (7,3 mlrd so‘m) hamda non va non mahsulotlari (5,9 mlrd so‘m) savdosining hajmi yuqori bo‘lgan.
Joriy yil yanvar-fevral oylarida dehqon bozorlarining umumiy savdo aylanmasi hajmi 113,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Axborot xizmati