11/04/2023

Viloyatimiz hududlarida reja  asosida  5 narx (o‘rtacha) haftalik hamda 12 narx iste’mol narxlari indeksi (INI) oylik kuzatuvlari  o‘tkazilmoqda.

Tanlanma kuzatuvlar doirasida oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlari o‘rganilmoqda.


Bugun  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Yangibozor tumanida), boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov (Hazorasp tumanida) va boshliq o‘rinbosari U.Bardiyev (Yangiariq tumanida) tomonidan o‘tkazilgan kuzatuvlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Kuzatuv davomida savdo nuqtalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi solishtirma asosda o‘rganildi.

Axborot xizmati