Joriy yilning 05- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Seminar yig‘ilishida Xorazm viloyat prokuraturasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi D.Xudayorov hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining inson resurslari bo‘lim boshlig‘i X.Matyaqubovlar ishtirok qilib O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 03- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.Shuningdek,huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashi va uni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida ham qischqacha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati