31/03/2023

Joriy yilning 31- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining yangilanayotgan konsitutsiyasiga bag‘ishlangan  seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.Seminar yig‘ilishda tarmoq bo‘lim boshliqlari  va tuman (shahar) statistika bo‘lim boshliqlari hamda xodimlari video konferensiya orqali ishtirok etishdi. Seminar yig‘ilishi davomida  boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangilanyotgan konstitutsiyasi mazmun–mohiyati hamda joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumning mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotidagi muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

             Axborot xizmati