28/03/2023

Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Xorazm viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda viloyatning demografik holati bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati