Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatida bajarilgan jami qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi 6,2 %ni yoki 25,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Qurilish ishlari 2022- yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 1,9 marta ko‘p bajarilgan.
Hududlardagi jami qurilish ishlari hajmida yirik tashkilotlarning yuqori ulushi Urganch shahrida 47,0%ni, Xonqa tumanida 12,5%ni, Urganch tumanida 6,6%ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati