23/03/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 255,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2022- yilning  yanvar-fevral oylariga nisbatan hajmning o‘sish sur’ati 90,3 %darajada qayd  etilgan.

Shundan:

yirik korxonalarning tovar aylanmasi 120,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 105,3 %), 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining  tovar aylanmasi 1135,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 88,9 %), shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 257,3 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 93,5 %) tashkil etdi.

 Axborot xizmati