Viloyatimizning barcha hududlarida narx kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.
2023- yilning 23- mart kuni navbatdagi 5- narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Urganch tumanidagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlarda tashkil etildi. Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov va tuman statistika bo‘limi boshlig‘i J.Bekchanovlar ishtirok etishdi. Narx kuzatuvi jarayonida do‘konlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Axborot xizmati