Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov bugun, 17- mart kuni Tuproqqal’a tumanida bo‘lib, tanlanma kuzatuvlarda ishtirok etdi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning choraklik kuzatuvi davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlarning faoliyati o‘rganildi. Shu bilan bir qatorda yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan kuzatuv davomida so‘rovnoma asosida yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi.
Axborot xizmati