Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov hamda boshliqning birinchi o‘rinbosari X.Egamov 2023- yilning 16- mart kuni yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan avtotransport xizmati ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar kuzatuvini o‘tkazdilar.
A.O‘tamuratov tomonidan Xonqa tumanida o‘tkazilgan kuzatuv jarayonida so‘rovnoma asosida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining yuk tashish hajmi bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi.
Gurlan tumanida X.Egamov yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining faoliyati yuzasidan kuzatuv o‘tkazdi.
Axborot xizmati