Xorazm viloyatida 2023- yil 1- mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,7 foizga ko‘paygan va 5 079 tani tashkil etgan.
Xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘sish sur’atlarining 2019-yilning mos davriga nisbatan ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan sohalar:
savdo - 140,3 foiz,
tashish va saqlash - 139,1 foiz,
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalari - 133,1 foiz.
Hududlar kesimida Shovot (221,4 foiz), Qo‘shko‘pir (152,4 foiz), Yangibozor (146,0 foiz) tumanlari va Urganch shahri (122,2 foiz) xususiy korxonalar sonining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Axborot xizmati