2022- yilda Shovot tumanida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining umumiy hajmi 2 299,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 71,6%i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tarkibida dehqonchilik mahsulotlari 43,1%ni, chorvachilik mahsulotlari – 56,9%ni tashkil etgan.
2022- yil yakunlariga ko‘ra Shovot tumani kartoshka (17,7 ming t), meva (20,1 ming t), go‘sht (tirik vaznda 18,5 ming t) yetishtirishda viloyatning yetakchi hududlaridan biri bo‘lgan.
Axborot xizmati