17/03/2023

Xorazm viloyatida  faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- mart holatiga 22 555 taga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 72,2 foizga oshgan.

Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi:

savdo – 36,5 foiz,

sanoat – 18,3 foiz,

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 11,4 foiz,

qurilish – 7,9 foiz,

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 6,9 foiz,

tashish va saqlash – 4,4 foiz,

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,3 foiz,

axborot va aloqa – 1,6 foiz,

boshqa turlari – 10,7.

                          Axborot xizmati