16/03/2023

Viloyatimizda reja jadvali asosida tashkil etilayotgan iste’mol narxlari indeksi (INI) oylik kuzatuvlari doirasida oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlari o‘rganilmoqda.

Shu bo‘yicha joriy yilning 15-16- mart kunlari viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Hazorasp tumanida), boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov (Gurlan tumanida) va boshliq o‘rinbosari U.Bardiyevlar (Urganch shahrida)  tomonidan  o‘tkazilgan kuzatuvlar  oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Kuzatuv davomida  savdo nuqtalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi solishtirma asosda o‘rganildi.

Axborot xizmati