15/03/2023

2023- yilning 14-15- mart kunlari viloyatimizning bir qancha shahar va tumanidagi dehqon bozorlarida 5-narx (bozor) haftalik kuzatuvi o‘tkazildi.

Xususan,   Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Qo‘shko‘pir tumanida, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov  Xiva shahrida, o‘rinbosari U.Bardiyev Xonqa tumanidagi dehqon bozorida o‘tkazilgan narx kuzatuvlarida bevosita ishtirok etishdi.

Kuzatuv jarayonida mahsulotlarning narxlarini o‘rganish bilan birgalikda, hududlardagi narx registratorlari tomonidan ularni bevosita joyida, aniq va shaffof tarzda qayd etilishining nazoratiga ham e’tibor qaratildi.

5- narx (bozor) haftalik kuzatuvining asosiy maqsadi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatishdan iboratdir.


    
Axborot xizmati